遇见数据集

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IQTISODIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH USULLARI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Maktab boshlangʻich bosqichida bolalarning kundalik iste'mol, tejash va mas'uliyatli tanlov haqidagi tasavvurlari barqaror shakllanmasa, keyingi yosh bosqichlarda iqtisodiy xulqni tartibga solish qiyinlashadi. Maqsad — boshlangʻich sinf oʻquvchilarida iqtisodiy tarbiyani shakllantirishga xizmat qiladigan usullar tizimini aniqlash va ularning pedagogik samaradorligini tekshirish. Metodlar — 3 bosqichli pedagogik tajriba, diagnostik testlar, kuzatish, qiyosiy tahlil va oʻlchov vositasining ishonchliligini tekshirish uchun Cronbach α hisoblandi; koʻrsatkich 0,78 boʻlib, ichki muvofiqlik qoniqarli ekanini koʻrsatdi. Tajriba guruhida kooperativ oʻqitish, ta'limda farqlash, bahsli vaziyatlar, raqamli topshiriqlar va uy xoʻjaligi byudjetiga doir mashqlar uygʻunlashtirildi. Natijalar — kirish testida tajriba va nazorat guruhlari oʻrtasida boshlangʻich tenglik saqlangan, yakuniy bosqichda esa tajriba guruhining koʻrsatkichlari 19,1 % ga yuqori boʻldi; ayniqsa, moliyaviy savodxonlikka oid vazifalarni bajarish sifati keskin yaxshilandi. Xulosa — iqtisodiy tarbiya mazmunini kundalik hayotga yaqin topshiriqlar bilan bogʻlash, oila tajribasi va maktab faoliyatini birlashtirish orqali boshlangʻich ta'limda barqaror xulqiy-qiymatli oʻzgarishlarga erishish mumkin

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务