O'QUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTSIYASINI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
收藏资源简介:
Jamiyatning kasbiy ta’lim sifati va zamonaviy mutaxassis tayyorgarligiga qo‘yayotgan talablarining ortib borishi mehnat bozori ehtiyojlariga tez moslasha oladigan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘laydigan hamda kasbiy vazifalarni mustaqil bajarishga tayyor kadrlarni tayyorlash zaruratini kuchaytirmoqda. Shu jihatdan kasbiy ta’lim jarayonida integrativ yondashuvni qo‘llash o‘quvchilarning kasbiy kompetentsiyasini rivojlantirishning muhim pedagogik omillaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Integrativ yondashuv kasbiy tayyorgarlikni alohida fanlar va amaliy mashg‘ulotlar yig‘indisi sifatida emas, balki nazariya, o‘quv amaliyoti va ishlab chiqarish faoliyati o‘zaro bog‘langan yaxlit kompetentsiyaviy tizim sifatida tashkil etishni nazarda tutadi.



