O'ZBEKISTONDA GASTRONOMIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu tezisda O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada gastronomik turizm tushunchasi, uning nazariy asoslari hamda jahon amaliyotidagi o‘rni yoritilgan, O‘zbekistonning boy milliy oshxona merosi va mintaqaviy gastronomik xususiyatlari (Toshkent oshi, Samarqand noni, Jizzax somsasi va boshqalar) tavsiflangan. Shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, “Milliy oshpazlik san’ati xalqaro markazi” va Gastronomik turizm assotsiatsiyasi faoliyati, “BMB Village” va Buxorodagi “Street Food” gastronomik ko‘chasi kabi amaliy loyihalar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida gastronomik turizm infratuzilmasini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqilgan.



