TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK MOHIYATI HAMDA PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN ALOQADORLIGI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda pedagogik faoliyat bilan uzviy aloqadorligi tahlil etilgan. Tarbiya jarayoni shaxsning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va ma’naviy qadriyatlarni egallashida muhim omil sifatida yoritilgan. Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida psixologik yondashuvlarning ahamiyati, tarbiyaviy ta’sirning samaradorligini oshirishdagi omillar va o‘quvchi shaxsini shakllantirishda pedagogik muhitning roli ochib berilgan. Maqolada tarbiya va pedagogik faoliyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan. Tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishi pedagogning kasbiy mahorati, psixologik bilimlari va individual yondashuviga bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur tadqiqot natijalari pedagogik faoliyatni takomillashtirish va tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.



