TA'LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA VA SAMARALI O'QITISH TAJRIBALARI.
收藏资源简介:
Maqolada fanlararo integratsiyaning nazariy-metodik asoslari, ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda uni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. O`quvchilarda tizimli va yaxlit tafakkurni shakllantirishda fanlararo bog‘lanishlarning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Integratsiya tushunchasining falsafiy, pedagogik va didaktik talqinlari tahlil qilinib, uning ta’lim mazmunini boyitish, bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari, integrativ yondashuvning didaktik tamoyillar bilan uzviy bog‘liqligi hamda integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bosqichlari izchil bayon etilgan.



