遇见数据集

SEPSIS: MIKROBIOLOGIK DIAGNOSTIKA VA ERTA ANIQLASH MUAMMOLARI

收藏
Zenodo2026-05-16 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada sepsisning mikrobiologik diagnostikasi, mavjud usullarning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, erta aniqlashdagi asosiy muammolar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, zamonaviy diagnostika texnologiyalarini takomillashtirish va klinik amaliyotga keng joriy etish orqali kasallikni erta aniqlash va samarali davolash imkoniyatlarini oshirish yo‘llari yoritiladi. Sepsis zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb va hayot uchun xavfli muammolaridan biri. Kasallikning yuqori o‘lim ko‘rsatkichi, ayniqsa, uning kech aniqlanishi va tez rivojlanishi bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda mikrobiologik diagnostika usullarining takomillashganiga qaramay, sepsisni erta bosqichda aniqlashda qator muammolar saqlanib qolmoqda. An’anaviy bakteriologik usullar, jumladan qon ekmasi, ko‘p vaqt talab qilishi sababli tezkor klinik qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, molekulyar-biologik va ekspress diagnostika usullari (PCR, biomarkerlar – prokaltsitonin, C-reaktiv oqsil) amaliyotga joriy etilayotgan bo‘lsa-da, ularning keng qo‘llanishi iqtisodiy va texnik cheklovlar bilan chegaralangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务