遇见数据集

OʻRTA ASR ARAB QASIDALARIDA ISLOMIY SIYMOLARNING BADIIY KONSEPTUALIZATSIYASI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘rta asr arab qasidachiligida islomiy siymolarning badiiy-estetik tabiati va janriy transformatsiyasi lingvokulturologik hamda matnshunoslik aspektida tadqiq etilgan. Islomgacha bo‘lgan badaviy she’riyati an’analarining diniy-mistik prinsiplar ta’sirida o‘zgarishi hamda madh va marsiya janrlarida islomiy personajlarning poetik simvollarga aylanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Sifatli, matnshunoslik-hermenevtik va qiyosiy-adabiyotshunoslik metodologiyasiga tayanib, Ka’b ibn Zuhayr va Hassan ibn Sobit kabi klassik shoirlar devonlaridagi badiiy konseptlar ochib berilgan. Sifatli tahlillar islomiy siymolar qasidalarning an’anaviy lirik kompozitsiyasini (nasib, tashbib) saqlab qolgan holda, uning semantik qatlamlarini yangi ma’naviy-axloqiy mezonlar bilan boyitganini isbotlaydi. Maqola natijalari sharqshunoslik oliy o‘quv yurtlari magistratura dasturlarida mumtoz arab adabiyotini matn tahlili orqali o‘qitish modullarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务