"MASOFAVIY TA'LIM SHAROITIDA TA'LIM OLUVCHINING MUSTAQILLIK DARAJASINI ANIQLASH VA UNI SHAKLLANTIRISH"
收藏资源简介:
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim sharoitida ta’lim oluvchining mustaqillik darajasini aniqlash va uni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan. Masofaviy ta’lim muhitida shaxsning o‘quv jarayonidagi faolligi, o‘z-o‘zini boshqarish, mas’uliyatni his etish hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Annotatsiyada mustaqillik darajasini aniqlash mezonlari, baholash usullari hamda raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish orqali mustaqil o‘rganish faoliyatini rivojlantirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi masofaviy hamkorlik, motivatsiya va refleksiya jarayonlarining shaxs mustaqilligini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Mavzu zamonaviy ta’lim tizimida raqamli kompetensiyalar va uzluksiz ta’limni ta’minlash nuqtayi nazaridan dolzarb hisoblanadi.



