KONTЕYNЕR IDISHLARDAGI HAR HIL TUPROQLI OZUQA SUBSTRATLARINING TOJIK KOVRAGI (FERULA TADSHICORUM) URUG'LARI UNUVCHANLIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Ferula tadshikorum dorivorlik xususiyatlari va ildizidan olinadigan shirasiga talab yuqori bo‘lgan turlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mazkur turni respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitiga introduksiya qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shunga ko‘ra 2023–2024 yillar davomida Surxondaryo viloyatining Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligida joylashgan . Ferula tadshikorum dorivor o‘simligini etishtirishning yuqori darajadagi agrotexnologiyasini ishlab chiqish uchun yopiq konteynerlarda 3 xil variantlarda to‘ldirilgan substrat aralashmasi, ya'ni: kokos substrati, tuproq va kokos substrati va o‘rta tusli bo‘z tuproqqa yanvar oyining uchinchi dekadasida havo harorati +4+12˚С bo‘lganda o‘simlikning 1-2 donadan urug‘lari 3-4 sm chuqurlikda ochiq sharoitda ekildi. Ferula tadshikorum dorivor o‘simligi urug‘larini optimal ekish muddati, ozuqa substratlari va unib chiqqan individlarni ko‘chirib o‘tqazish variantlari aniqlandi.



