遇见数据集

TEMURBEKLAR MAKTABLARI O'QUVCHILARIDA INGLIZ TILINI O'RGANISHDA SUN'IY INTELLEKTNING BUGUNGI KUNDAGI O'RNI

收藏
Zenodo2026-09-28 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada Temurbeklar maktablari 10-11-sinf o'quvchilarida ingliz tilini o'qitish jarayonida sun'iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy holati, ilmiy-nazariy asoslari, imkoniyatlari va cheklovlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqotning nazariy negizini chet tilini o'zlashtirish nazariyasi (Second Language Acquisition), kompyuter yordamida til o'rgatish (CALL) konsepsiyasi hamda TPACK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modeli tashkil etadi. Tadqiqot pedagogik eksperiment, so'rovnoma va statistik tahlil metodlari asosida olib borilgan bo'lib, unda 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat tajriba va nazorat guruhlarining lug'at boyligi, talaffuz sifati, grammatik kompetensiyasi va nutqiy ravonlik ko'rsatkichlari qiyoslangan. Natijalar tajriba guruhida barcha ko'rsatkichlar bo'yicha statistik jihatdan ishonchli (p<0,05) o'sish kuzatilganini ko'rsatdi. Maqola yakunida sun'iy intellekt texnologiyalarini Temurbeklar maktablarining yakuniy bosqich (10-11-sinf) o'quv dasturiga, jumladan xalqaro sertifikat va DTM/attestatsiya imtihonlariga tayyorgarlik jarayoniga ilmiy asoslangan tarzda integratsiya qilish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-28
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务