O'RTA TOLALI PAXTANI DASTLABKI ISHLASH VA JINLASH JARAYONIDA TOLA VA CHIGIT SIFAT KO'RSATKICHLARINING O'ZGARISH QONUNIYATLARINI TADQIQ ETISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘rta tolali paxtalarni dastlabki ishlash va arrali jinlash mashinalarida qayta ishlash jarayonida tola hamda chigitlarning sifat ko‘rsatkichlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar chuqur ilmiy-tahliliy asosda o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida Namangan viloyatida rayonlashtirilgan selektsiya navlari “Namangan-34”, “C65-24”, “C82-86”, “Andijon-35”, “Namangan-77”, “Porloq-2” va “Porloq-1” bo‘yicha olingan namunalar AQSHning xalqaro ISO standartlariga asoslangan HVI (High Volume Instruments) laboratoriya tizimida 11 ta parametr bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mexanik ta’sir va zarbali yuklamalar natijasida tolaning tabiiy uzunligi va solishtirma uzilish kuchi pasayib, kalta tolalar indeksi SFI) hamda chigit toladorligi ortib ketmoqda. Xorijiy jin mashinalari Continental Eagle, Murray, Lummus, Lebed va mahalliy jin mashinalarining texnik-texnologik parametrlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning paxta sifatiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslandi.



