遇见数据集

INGLIZ TILINI O'QITISHDA RAQAMLI TA'LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim muhitida elektron darsliklar, interaktiv platformalar, multimedia materiallari, mobil ilovalar, videodarslar, onlayn testlar hamda sun’iy intellektga asoslangan vositalardan foydalanish o‘quvchilarning chet tilini o‘zlashtirish jarayonini individuallashtirish va faollashtirish imkonini beradi. Tadqiqotda raqamli resurslardan foydalanishning didaktik tamoyillari, ingliz tilining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi metodik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitishda “raqamli resurs – interaktiv topshiriq – mustaqil faoliyat – refleksiya – baholash” ketma-ketligiga asoslangan metodik model taklif etilgan. Mazkur model asosida o‘quvchilarning kommunikativ faolligi, mustaqil ta’lim olish qobiliyati va raqamli kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务