SUV RESURSLARINI OQILONA BOSHQARISH HAMDA UNING "YASHIL" IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI KO'RSATKICHLARGA BOG'LIQLIGI.
收藏资源简介:
Mazkur maqolada zamonaviy sharoitda yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish va suv resurslaridan oqilona foydalanishning o'zaro iqtisodiy-ekologik bog'liqligi statistik va ekonometrik usullar yordamida chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasi Statistika agentligi va xalqaro tashkilotlarning ko'p yillik rasmiy ma'lumotlariga tayanilib, suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish hamda resurslar unumdorligini oshirishning YaIM birligiga va tarmoqlararo samaradorlikka ta'siri baholandi. Shuningdek, mavzu bo'yicha ilgari surilgan xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, suv resurslarini boshqarishda mavjud muammolar hamda ularni raqamli monitoring hamda bozor mexanizmlari yordamida hal etish yo'llari yoritildi. Olingan natijalar asosida suv isrofgarchiligini qisqartirish, tarmoqlar bo'yicha limitlarni optimallashtirish va hududiy differensiatsiyani bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



