遇见数据集

AKTIVLAR VA MAJBURIYATLARNI BAHOLASHDA MOLIYAVIY HISOBNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

收藏
Zenodo2026-01-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada aktivlar va majburiyatlarni baholashda moliyaviy hisobning zamonaviy yondashuvlari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi hamda moliyaviy hisobotlarga bo‘lgan talablarning ortib borishi sharoitida aktiv va majburiyatlarni to‘g‘ri baholash moliyaviy axborotning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda an’anaviy baholash usullari bilan bir qatorda, adolatli qiymat, diskontlangan qiymat va bozor qiymati kabi zamonaviy baholash yondashuvlarining mohiyati va qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, baholash jarayonida yuzaga keladigan muammolar, xususan, bozor ma’lumotlarining cheklanganligi, subyektiv baholash omillari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishdagi murakkabliklar tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy baholash yondashuvlarining moliyaviy hisobot sifati hamda boshqaruv qarorlariga ta’siri ilmiy asosda baholanib, ularni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari moliyaviy hisob tizimini takomillashtirish hamda aktivlar va majburiyatlarni baholashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务