YER KADASTRI MA'LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada yer kadastri ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy usullari, geoinformatsion tizimlar (GAT), relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi modellaridan foydalanish, fazoviy ma’lumotlarni integratsiyalash, standartlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tadqiqotda yer kadastri tizimining tarkibiy qismlari, ma’lumotlar bazasini loyihalash prinsiplari, SQL asosidagi boshqaruv tizimlari, metadata yuritish, INSPIRE direktivasi talablari hamda ISO 19100 seriyali standartlar asosida fazoviy ma’lumotlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilindi. Natijada yer kadastri ma’lumotlar bazasini samarali boshqarish uchun kompleks integratsiyalashgan yondashuv zarurligi asoslab berildi.



