INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA INDIVIDUAL YONDASHUVNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarga individual yondashuvni tashkil etishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limning muhim tamoyillaridan biri har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, qobiliyati, qiziqishi va ta’lim olish imkoniyatlarini hisobga olishdan iborat. Inklyuziv ta’lim esa turli ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarning teng ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sifatida qaraladi. Maqolada individual yondashuvning mazmuni, inklyuziv ta’limda uning ahamiyati, o‘quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash, differensial ta’lim, moslashtirilgan topshiriqlar, pedagogik qo‘llab-quvvatlash va baholashning individual shakllari yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchi, ota-ona va mutaxassislar hamkorligining ahamiyati hamda inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishda pedagogning kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar tahlil qilinadi.



