QO'LLARNING YIRINGLI JAROHATLARINI DAVOLASHDA KISLOROD OQIMI BILAN JAROHATLARNI GIPERVENTILYATSIYA QILISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN USULINI QO'LLASH
收藏资源简介:
Oyoq-qo‘llarning infeksiyalangan jarohatlari bugungi kunda jarrohlik amaliyotida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday jarohatlar bemorlarning reabilitatsiya jarayonini sezilarli darajada cho‘zadi, nogironlik ko‘rsatkichlarini oshiradi. An’anaviy davolash usullari ko‘pincha yetarli samaradorlik bermaydi, bu esa yangi, innovatsion yondashuvlarni joriy etishni talab qiladi. Kislorod oqimi bilan giperventilyatsiya- bemorlarni davolashda yangi va samarali yondashuv sifatida e’tibor qozonmoqda. Ushbu usul nafaqat to‘qimalarga kislorod yetkazilishini oshiradi, balki infektsiyaga qarshi immun javobni kuchaytiradi, shuningdek yara tiklanishini tezlashtiradi va nekrotik jarohatlarning rivojlanishini sekinlashtiradi.



