遇见数据集

ADVOKATURA INSTITUTINING RAQAMLASHTIRILISHI (E-ADVOCACY) VA SIR SAQLASH MAJBURIYATI

收藏
Zenodo2026-06-11 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Hozirgi rivojlanib borayotgan dunyoda texnologik mahsulotlar insonlarning ijtimoiy hayotiga tobora chuqur kirib bormoqda. SI mahsulotlarining yaqin 5 yillikdagi evolyutsiyasi ushbu jarayonni tezlashtirilishiga sabab bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ko’plab sohalar allaqachon jismoniy shaklga ega hujjatlarni yuritishdan zamonaviy data markazlarida raqamli ma’lumotlarni saqlashga o’tishni boshlagan. Yuridik soha, jumladan, advokatlik ham bundan istisno emas. Biroq, zamonaviy texnologiyalar negizida advokatlik siri ma’lumotlarining bulutli xotira, ya’ni cloudlarda saqlanishi bir nechta jiddiy savollarni tug’dirmoqda. Tadqiqot davomida aynan ushbu savollarga javob berildi va izlanish davomida dogmatik-huquqiy, qiyosiy-huquqiy va tizimli adabiyotlar sharhi kabi metodlardan foydalanildi. Tadqiqot davomida xalqaro va O’zbekiston qonunchiliklari o’zaro taqqoslandi hamda yakunda E-Advocacy tizimini implementatsiya qilish takliflari ko’rib chiqildi. Olimlarning fikrlari o’zaro analiz qilindi va ularning izlanishlaridagi istiqbolli takliflar va kamchiliklar ko’rib chiqildi. Yakunda O’zbekiston qonunchiligidagi uchinchi shaxslar tomonidan advokatlik sirining buzulishiga doir javobgarlik yo’qligi aniqlandi va bunga huquqiy yechim berildi. Buning ustiga, advokatlarning texnik ko’nikmalarini rivojlantirish hamda kichik advokatlik institutlari uchun moddiy ko’mak ko’rsatilishi zarurligi ta’kidlandi hamda bu borada amaliy maslahatlar berildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务