QATAG'ON QURBONLARINING MILLIY UYG'ONISH VA O'ZBEK ADABIYOTI TARAQQIYOTIDAGI O'RNI: ILMIY-MA'RIFIY MEROS VA BUGUNGI AHAMIYAT
收藏资源简介:
Mazkur maqolada XX asr O‘zbekiston tarixidagi qatag‘on siyosati, uning milliy ziyolilar, adiblar va ma’rifatparvarlar taqdiriga ta’siri hamda qatag‘on qurbonlarining milliy uyg‘onish va o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadidchilik harakatining ma’rifiy va madaniy asoslari, qatag‘on siyosatining milliy ilm-fan va adabiyot rivojiga ta’siri, shuningdek, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdurauf Fitrat kabi ijodkorlarning adabiy-ilmiy merosi yoritiladi. Ularning asarlarida milliy o‘zlik, ma’rifat, ozodlik, inson qadri va jamiyat taraqqiyoti kabi masalalarning badiiy hamda ilmiy talqini tahlil qilinadi. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari merosining bugungi ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, uni o‘rganishdagi dolzarb masalalar hamda yosh avlodga yetkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida qatag‘on qurbonlarining ilmiy, adabiy va ma’rifiy merosini tizimli o‘rganish, raqamlashtirish va fanlararo tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.



