TARIXIY JARAYONLARNI O'RGANISHDA VIZUAL MATERIALLARNING TURLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tarixiy jarayonlarni o‘rganishda vizual materiallarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tarixshunoslikda yuz bergan metodologik o‘zgarishlar natijasida fotografiyalar, kinoxronikalar, tasviriy san’at asarlari, tarixiy xaritalar, propaganda materiallari hamda raqamli vizual resurslarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati ortib borayotgani yoritilgan. Vizual antropologiya va tarixiy antropologiya yondashuvlari asosida vizual manbalarning tarixiy voqelikni rekonstruksiya qilish, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, mafkuraviy qarashlari, kundalik turmushi va tarixiy xotirasini o‘rganishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston tarixi misolida Afrosiyob devoriy suratlari, Kamoliddin Behzod miniatyuralari, Turkiston davriga oid fotografik materiallar hamda zamonaviy GIS va 3D rekonstruksiya texnologiyalarining ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari vizual materiallarning tarixiy manbashunoslik bazasini kengaytirishi, tarixiy hodisalarni ko‘p qirrali tahlil qilish imkonini yaratishi hamda tarixiy tadqiqotlarning ilmiy ishonchliligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.



