AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA MARKAZIY FORS HUDUDINI BOSHQARISHDA ISKANDAR MIRZONING O'RNI VA ROLI
收藏资源简介:
Mazkur tezis Amir Temur va Temuriylar davrida Markaziy Fors hududlarining siyosiy va ma’muriy boshqaruvi jarayonida Iskandar Mirzoning tutgan o‘rni va faoliyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda Temuriylar davlatining Forsdagi siyosiy boshqaruv tizimi, shahzodalarga hududiy hokimliklarning berilishi hamda Iskandar Mirzoning ushbu jarayondagi faoliyati yoritiladi. Iskandar Mirzoning hokim sifatidagi siyosiy faoliyati, mahalliy boshqaruv tizimi bilan munosabatlari, harbiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va Temuriylar sulolasi ichidagi mavqeyi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, uning hukmronligi davrida Fors hududlarida siyosiy barqarorlik, hokimiyat uchun kurashlar va madaniy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi.



