遇见数据集

DIAGNOSTIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK KVALIMETRIYA MEZONLARI VA KO'RSATKICHLARI

收藏
Zenodo2026-05-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda diagnostik madaniyatni shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo‘lib, unda pedagogik kvalimetriya yondashuvi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik faoliyatini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining nafaqat bilim berish, balki ta’lim jarayonini chuqur tahlil qilish, o‘quvchilar bilim darajasini aniqlash va baholashga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, diagnostik madaniyat o‘qituvchining kasbiy kompetentligining muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Tadqiqot natijalari asosida pedagogik kvalimetriya vositalaridan samarali foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning diagnostik madaniyatini shakllantirish mumkinligi asoslanadi. Shuningdek, taklif etilgan mezon va ko‘rsatkichlar tizimi ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务