KUFFER HUJAYRALARINING BIR-BIRIGA ANTOGONIST MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Kuffer hujayralari (KHC) yoki qizil jigar makrofaglari jigarning eng muhim immunomodulyator hujayralari hisoblanib, ular jigar parenximasining taxminan 20-30% ni tashkil qiladi. Ular jigar darvozasi vena tizimida joylashgan bo‘lib, portal qon oqimidagi patogenlar, o‘lik hujayralar, bakteriyalar, toksinlar va immun komplekslarni fagotsitoz qilish orqali jigarni himoya qiladi. Biroq, KHC funktsiyasi monolit emas va ular o‘zaro qarama-qarshi (antogonist) faoliyat ko‘rsatish qobiliyatiga ega. Ushbu antogonizm ularning fenotipik plastikligi, ya’ni turli signal yo‘llariga javoban klassik (M1) yoki alternativ (M2) faollashuv holatlariga o‘tish qobiliyati bilan bog‘liq. Bu maqolada Kuffer hujayralarining bir-biriga antogonist mexanizmlari, xususan, ularning yallig‘lanishga qarshi va pro-yallig‘lanish, regenerativ va fibrogen, shuningdek, immunosupressiv va immunitetni faollashtiruvchi rollari chuqur tahsil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli subpopulyatsiyalar yoki turli yo‘naltirilgan KHC turli va hatto qarama-qarshi signal molekulalari (TNF-α, IL-10, TGF-β) ishlab chiqarishi, shuningdek, mikromuhitga qarab funksional polarizatsiyaga uchraydi. Ushbu antogonistlik jigar patologiyalarida, jumladan alkogolsiz yog‘li jigar kasalligi (NAJBD), jigar sirrozi, gepatit va jigar o‘smalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, KHC maqsadli terapiya uchun yangi immunologik nishat sifatida qaralmoqda. Ushbu maqolada 2015-2025 yillar oralig‘ida dunyoning nufuzli ilmiy bazalarida e’lon qilingan tadqiqotlar tahlil qilinadi va KHC ning molekulyar va hujayraviy antogonist mexanizmlari, ularni boshqaruvchi omillar va klinik ahamiyati keng yoritiladi.



