DAVOLASHGA CHIDAMLI DEPRESSIYANI DAVOLASHDA NEYROMEDIATOR TIZIMLARI: KETAMIN VA PSIXODELIKLARNING GLUTAMAT HAMDA SEROTONIN (5-HT2A) TIZIMLARIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada davolashga chidamli depressiyani davolashda neyromediator tizimlarining roli zamonaviy nuqtai nazardan tahlil qilingan. An’anaviy monoaminli antidepressantlarning cheklovlari hamda depressiya patofiziologiyasida glutamatergik va serotonergik tizimlarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Ketamin — N-metil-D-aspartat (NMDA) retseptorlari antagonisti bo‘lib, glutamat to‘lqini, AMPA retseptorlari faollashuvi va BDNF/mTOR yo‘li orqali sinaptogenezni rag‘batlantirib, tez ta’sir etuvchi antidepressant samara beradi; uning S-enantiomeri eskinetamin 2019-yilda davolashga chidamli depressiya uchun tasdiqlangan. Psilotsibin esa serotonin 5-HT2A retseptorlari agonisti sifatida glutamat ajralishini kuchaytirib, neyroplastiklikni oshiradi. Klinik sinovlar istiqbolli natijalar bergan bo‘lsa-da, psixodeliklar hali tadqiqot bosqichida bo‘lib, faqat nazorat ostidagi klinik sharoitda qo‘llaniladi.



