遇见数据集

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING INNOVATSION KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUVNING PEDAGOGIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishda kreativ yondashuvning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan transformatsion jarayonlar pedagog shaxsidan nafaqat nazariy bilim va metodik tayyorgarlikni, balki yangilik yaratish, muammolarga noodatiy yechim topish, mustaqil qaror qabul qilish va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish kompetensiyalarini ham talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan kreativ yondashuv pedagogik ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda innovatsion kompetensiya tushunchasining mohiyati, uning tarkibiy komponentlari, kreativ fikrlashning pedagogik jarayondagi ahamiyati, bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish omillari hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, maqolada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy rivojlanishida kreativ muhit, reflektiv faoliyat, loyihaviy yondashuv, interfaol metodlar va raqamli texnologiyalarning o‘rni keng tahlil etiladi. Kreativ yondashuvning pedagogik samaradorligi o‘qituvchilarning moslashuvchanligi, tashabbuskorligi, kommunikativ faolligi va innovatsion fikrlash darajasini oshirish bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish hamda oliy pedagogik ta’lim tizimida kreativ metodologiyani keng joriy etish zarurligini asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务