遇见数据集

MILLIY TAFAKKURDA RAMZ, INDEKS VA IKON BELGILARINING LINGVOSEMIOTIK TALQINI

收藏
Zenodo2026-08-02 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada milliy tafakkurda ramz, indeks va ikon belgilarining lingvosemiotik talqini yoritiladi. Tadqiqotda belgi turlari faqat nazariy semiotik kategoriya sifatida emas, balki xalq dunyoqarashi, madaniy xotira, urf-odat, nutqiy odob va kommunikativ tajriba bilan bog‘liq ma’no yaratish mexanizmi sifatida tahlil qilinadi. Maqolaning maqsadi ramz, indeks va ikon belgilarining o‘zaro farqli xususiyatlarini aniqlash, ularning milliy tafakkurdagi semantik va pragmatik vazifalarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-semiotik, lingvomadaniy va funksional-semantik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, ramz belgisi madaniy kelishuv va qadriyat bilan, indeks belgisi sabab-oqibat va vaziyat bilan, ikon belgisi esa o‘xshashlik va tasviriylik bilan bog‘liq holda ma’no hosil qiladi. Tadqiqot xulosalari lingvosemiotika, matn tahlili, madaniyatshunoslik va pragmalingvistika uchun amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务