遇见数据集

FINTECH EKOTIZIMIDA BUY NOW PAY LATER (BNPL) LOYIHALARIDA PMBOK, PRINCE2 VA ISO 31000 STANDARTLARI ASOSIDA RISKLARNI BOSHQARISHNING LOYIHA SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-07-13 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada fintech ekotizimida Buy Now Pay Later (BNPL) loyihalarida risklarni boshqarishning loyiha samaradorligiga ta'siri xalqaro loyiha boshqaruvi metodologiyalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi BNPL xizmatlarining jadal rivojlanishi, kredit va operatsion risklarning ortishi hamda risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi PMBOK Guide (7th Edition), PRINCE2 va ISO 31000:2018 standartlari asosida risklarni boshqarishning BNPL loyihalari samaradorligiga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqotda kontent tahlili, qiyosiy tahlil, Case Study, SWOT tahlili hamda Business Process Management (BPM) yondashuvlaridan foydalanildi. Amaliy tahlil obyekti sifatida O'zbekiston fintech bozorida faoliyat yuritayotgan Uzum Nasiya kompaniyasining BNPL loyihalarida risklarni boshqarish va qarzdorlikni undirish jarayonlari tanlandi. Mavjud biznes jarayonlari xalqaro standartlar talablari bilan qiyosiy tahlil qilinib, ularni takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Tahlil natijalari PMBOK, PRINCE2 va ISO 31000 tamoyillarini kompleks qo'llash risklarni erta aniqlash, monitoring sifatini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishni takomillashtirish hamda loyiha samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko'rsatdi. Shuningdek, risklarni boshqarishning Business Process Management yondashuvi bilan integratsiyalashuvi qarzdorlikni undirish jarayonlarini optimallashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va manfaatdor tomonlar o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga imkon berishi asoslandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务