AMIR TEMUR DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Amir Temur davrida Movarounnahr markazida shakllangan davlat boshqaruvi tizimi hamda uning tashqi siyosat va diplomatik munosabatlari tahlil qilinadi. Amir Temurning markazlashgan davlat barpo etish jarayonida harbiy-siyosiy boshqaruv, davlat amaldorlari faoliyati, adolat va tartib-intizom tamoyillariga bergan e’tibori yoritiladi. Shuningdek, Temur saltanatining qo‘shni va uzoq davlatlar bilan diplomatik aloqalari, elchilik munosabatlari, savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosati hamda Yevropa hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Ibn Arabshoh ma’lumotlari hamda Ruy Gonsales de Klavixoning Samarqandga safari haqidagi qaydlar asosiy manbalar sifatida foydalanilgan. Maqolada Amir Temur diplomatiyasi faqat harbiy maqsadlar bilan cheklanmaganligi, balki siyosiy manfaat, xalqaro savdo va davlat nufuzini mustahkamlashga xizmat qilganligi asoslanadi.



