遇见数据集

XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MODELLARI VA MEXANIZMLARI HAMDA ULARNI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOSLASHTIRISH IMKONIYATLARI

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada xorijiy mamlakatlarda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modellari, ularning institutsional va moliyaviy mexanizmlari hamda O‘zbekiston Respublikasida mazkur tajribalarni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya, Turkiya va Singapur davlatlarida DXSh asosida amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalar, ularning iqtisodiy samaradorligi hamda davlat budjetiga ta'siri o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik bazasi va investitsion muhit tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Xususan, institutsional boshqaruvni takomillashtirish, risklarni taqsimlash mexanizmlarini optimallashtirish, raqamli monitoring tizimini joriy etish hamda investorlar uchun kafolatlar tizimini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务