SUN'IY INTELLEKT ASOSIDA INFORMATIKA FANIDAN TOPSHIRIQ, MASHQ VA AMALIY FAOLIYATLARNI TASHKIL ETISH (6–7-SINFLAR MISOLIDA)
收藏资源简介:
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6–7-sinflarida informatika fanidan sun’iy intellekt (SI) texnologiyalariga asoslangan topshiriq, mashq va amaliy faoliyatlarni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning kognitiv-psixologik xususiyatlari, formal-mantiqiy tafakkurini rivojlantirish bosqichlari hamda Lev Vygotskiy, Jan Piazje va Jerom Brunerning ta'lim nazariyalari tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida "Algoritmik zanjir", "Xatolarni top va tuzat", "Kodni jonlantir" va "Mantiqiy labirint" kabi interfaol metodlar hamda didaktik o‘yinlarni qo‘llash tavsiya etilgan. Maqolada sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning shaxsiy salohiyatiga moslashgan holda adaptiv topshiriqlar generatsiya qilishdagi o‘rni ochib berilgan.



