遇见数据集

SURUNKALI BUYRAK KASALLIGIGA CHALINGAN BOLALARDA KAMQONLIKNI MONITORING QILISH

收藏
Zenodo2026-01-05 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

2024-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, bolalarda surunkali buyrak kasalligi million bolaga 15 dan 74,7 tagacha holatni tashkil qiladi. Maqsad: Bolalarda surunkali buyrak kasalligining turli darajalarida anemiya sindromini kechish variantiga (mutlaq yoki funktsional) qarab temir ko’rsatkichlarining xususiyatlarini o'rganish. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot ob'ekti surunkali buyrak kasalligida anemiya sindromi bilan og'rigan 4 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan 95 bola bo'lib, ular 4 guruhga bo'lingan: Ⅰ guruh surunkali buyrak kasalligining Ⅱ bosqichi bilan og'rigan bolalardan iborat edi (n=25); Ⅱ guruh surunkali buyrak kasalligining Ⅲ bosqichidagi bolalarni o'z ichiga olgan (n=51); Ⅲ guruh surunkali buyrak kasalligining Ⅳ bosqichidagi bolalarni o'z ichiga olgan (n=19), Ⅳ guruh buyrak patologiyasi belgilari bo'lmagan temir tanqisligi anemiyasi bilan og'rigan 30 boladan iborat edi. Natijalar va muhokama. Funksional anemiya mutlaq anemiyaga qaraganda surunkali buyrak kasalligiga xos bo'lgan klinik va laboratoriya o'zgarishlari bilan ko'proq bog'liq. Xulosa: Anemiya bolalarda surunkali buyrak kasalligining asosiy asoratlaridan biri ekanligi isbotlangan bo'lib, tekshirilgan bemorlarning 100% da uchraydi. Kalit so'zlar: bolalarda surunkali buyrak kasalligi, mutlaq temir tanqisligi, funktsional temir tanqisligi

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务