KICHIK VA O'RTA BIZNESLAR UCHUN ELEKTRON SAVDOGA O'TISHDA KADRLAR BOSHQARUVI STRATEGIYALARI
收藏资源简介:
Elektron tijorat global iqtisodiyotda muhim o‘ringa ega bo‘lib, kichik va o‘rta bizneslar (KOB) uchun yangi bozorlar, yangi mijozlar va yangi boshqaruv yondashuvlarini taqozo etmoqda. Ushbu maqola KOBlar uchun elektron savdoga o‘tish jarayonida kadrlar boshqaruvi strategiyalarining o‘rni va ahamiyatini yoritadi. Xalqaro tajriba (Amazon, Alibaba kabi yirik kompaniyalar misolida) hamda O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar, IT Park dasturlari, qonunchilik va mahalliy biznes amaliyoti tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektron tijoratga o‘tishda faqat texnologik infratuzilmani yangilash emas, balki xodimlarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy HR strategiyalarini joriy qilish va davlat–xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish zarurligi aniqlanadi. Maqola yakunida KOBlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.



