PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ORQALI FANLARARO KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH: OMILLAR VA SAMARADORLIK
收藏资源简介:
Ushbu maqolada pedagogik yondashuvlar orqali fanlararo kompetensiyalarni shakllantirishning omillari va samaradorligi tahlil qilinadi. Fanlararo kompetensiyalar talabaning turli fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirib, amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda pedagogik jarayonni samarali tashkil etish, motivatsiya va individual xususiyatlarni hisobga olish, loyiha ishlari, interaktiv mashg‘ulotlar va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish orqali kompetensiyalarni shakllantirishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, fanlararo kompetensiyalarni baholash tizimi ularning shakllanish darajasini aniqlash va pedagogik jarayon samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynashi qayd etilgan.



