遇见数据集

MUSTAQILLIK DAVRI SHE'RIYATIDA IJTIMOIY LIRIKANING YANGILANISH TAMOYILLARI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

1991-yilda O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi milliy adabiyotimiz uchun tom ma’noda yangi tarixiy sahifa ochdi. She’riyat mafkuraviy buyurtma iskanjasidan xalos bo‘ldi, ijod erkinligi ta’minlandi, ilgari taqiqlangan yoki xolis baholanmagan adabiy meros – jadid adabiyoti, qatag‘on qurboni bo‘lgan ijodkorlar asarlari xalqqa qaytarildi. Bularning barchasi she’riyatda ijtimoiy muammolar talqinining tub yangilanishiga zamin yaratdi. Endi shoir xalq dardini pardali ishoralar ortiga yashirishga majbur emas edi; u davr muammolari haqida ochiq, dadil, o‘z nomidan so‘zlash huquqiga ega bo‘ldi. Ammo, adabiyotshunoslar haqli ta’kidlaganidek, erkinlik ijodkor zimmasiga yangi, yanada ulkan mas’uliyat yukladi: endi she’rning qimmatini mavzuning taqiqlanganligi emas, faqat va faqat badiiyat darajasi belgilaydigan bo‘ldi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务