QANDLI DIABETDA YURAK-QON TOMIR ASORATLARI RIVOJLANISHINING KLINIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanish xususiyatlari tahlil qilindi. Qandli diabet metabolik buzilishlar bilan kechuvchi surunkali kasallik bo‘lib, u yurak-qon tomir tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, diabet fonida ateroskleroz jarayoni tezlashadi, koronar arteriyalarda patologik o‘zgarishlar yuzaga keladi hamda miokard ishemiyasi rivojlanish xavfi ortadi. Diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak ishemik kasalligi ko‘pincha yashirin yoki atipik shaklda kechishi mumkin. Ushbu holat kasallikni erta aniqlashni murakkablashtiradi va og‘ir asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir tizimini muntazam nazorat qilish va profilaktik choralarni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega



