KORXONADA SOTUVNI REJALASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada korxonalarda sotuv faoliyatini samarali tashkil etish va uni rejalashtirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda amaliy jihatlari kompleks yondashuv asosida tadqiq etilgan. Xususan, sotuvni rejalashtirishning iqtisodiy mohiyati, asosiy funksiyalari va boshqaruv tizimidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.Tadqiqot davomida sotuvni rejalashtirish jarayonining bosqichlari tizimlashtirilib, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, zamonaviy bozor sharoitida talabni prognozlash usullari, marketing strategiyalarining sotuv hajmiga ta’siri va raqobat muhitining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.Maqolada korxonalarda sotuv hajmini aniqlash va baholash uchun kompleks iqtisodiy model taklif etilib, uning amaliy ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari korxonalarda sotuvni samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish hamda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



