遇见数据集

PROSTATA BEZI YAXSHI SIFATLI GIPERPLAZIYASIDA QOLDIQ SIYDIK HAJINING KLINIK-PROGNOSTIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Prostata bezi yaxshi sifatli giperplaziyasi (PBYSG) erkaklarda yosh o‘tishi bilan ko‘p uchraydigan urologik kasalliklardan biri bo‘lib, pastki siydik yo‘llari simptomlarining rivojlanishi va siydik chiqarish funksiyasining buzilishi bilan kechadi. Kasallikning klinik kechishini baholashda qoldiq siydik hajmini aniqlash muhim diagnostik va prognostik ahamiyatga ega. Siydik pufagining siyishdan keyin to‘liq bo‘shamasligi infravezikal obstruksiya, detruzor faoliyatining susayishi hamda kasallik progressiyasining bilvosita belgisi bo‘lishi mumkin. Ushbu tezisda PBYSG bilan kasallangan bemorlarda qoldiq siydik hajmining klinik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi va uning kasallik rivojlanishini prognozlashdagi ahamiyati yoritilgan. Qoldiq siydik miqdorining ortishi siydik chiqarish simptomlarining kuchayishi, siydik oqimining pasayishi va siydik pufagining funksional holati yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qoldiq siydikni ultratovush yordamida aniqlash oddiy, xavfsiz va noinvaziv usul bo‘lib, PBYSG bilan kasallangan bemorlarni dinamik kuzatishda samarali qo‘llanilishi mumkin. Mazkur ko‘rsatkichni boshqa klinik va instrumental parametrlar bilan kompleks baholash kasallik progressiyasi xavfini aniqlash va davolash taktikasini tanlash imkonini oshiradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务