遇见数据集

BANK TIZIMIDA FOIZ STAVKALARI SIYOSATI VA IQTISODIY FAOLLIKKA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Bank tizimida foiz stavkalari siyosati mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va o‘sish sur’atlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada foiz stavkalari mexanizmi, uning kreditlash va investitsiya faoliyatiga ta’siri, shuningdek, iste’mol va jamg‘arma qarorlariga qanday ta’sir qilishi tahlil qilinadi. Foiz stavkalari siyosati orqali markaziy banklar likvidlikni boshqaradi, inflyatsiyani nazorat qiladi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi yoki sekinlashtiradi. Maqolada shuningdek, past foiz stavkalarining iqtisodiy faollikka rag‘batlantiruvchi ta’siri va yuqori foiz stavkalarining qarz olishni cheklash orqali inflyatsiyani pasaytiruvchi roli misollar bilan yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, foiz stavkalari siyosatining samaradorligi iqtisodiyotning struktura xususiyatlari, moliyaviy bozorlarning rivojlanish darajasi va moliyaviy intizom bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqola, shuningdek, bank tizimining foiz siyosati va iqtisodiy faollik o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务