O'ZBEKISTONDA KAMBAG'ALLIK MUAMMOSINI KAMAYTIRISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyingi kambag’allikni kamaytirish masalasi har tomonlama tahlil qilingan. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy dasturlar , shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholini barqaror daromad manbaiga ega qilish choralari keng yoritilgan. Maqolada bozor mexanizmlarining ijtimoiy adolatni ta’minlash, bandlikni oshirish hamda resurslardan samarali foydalanishdagi o’rni tahlil etilgan. Shuningdek, kambag’allikni kamaytirishda ta’lim, sog’liqni saqlash, infratuzilma va innovatsion texnalogiyalarni rivojlantirishning ahamiyati alohida ko’rsatib o’tilgan. Muallif tomonidan olib borilgan tahlillar asosida kambag‘allikka qarshi kurashda davlatning iqtisodiy siyosatini takomillashtirish, xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va aholining farovonlik darajasini oshirishga qaratilgan dolzarb yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.



