SPORT O'YINLARI VOSITASIDA PATOLOGIK O'ZGARISHLARI MAVJUD BOLALARNING HARAKAT REABILITATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada sport o‘yinlari vositasida patologik o‘zgarishlari mavjud bolalarning harakat reabilitatsiyasini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda adaptiv jismoniy tarbiya va sport o‘yinlarining bolalarning harakat funksiyalari, koordinatsiyasi, muvozanati, mushak kuchi hamda psixomotor rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, reabilitatsiya jarayonida individual yondashuv, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish va zamonaviy pedagogik metodlarning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari sport o‘yinlari asosida tashkil etilgan adaptiv mashg‘ulotlar patologik o‘zgarishlari mavjud bolalarda harakat faolligini oshirish, jismoniy funksiyalarni tiklash, ijtimoiy moslashuvni yaxshilash hamda hayot sifatini yuksaltirishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada reabilitatsiya jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.



