IQTISODIYOTNING JADAL RIVOJLANISHI SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBIDAGI OʻZGARISHLAR
收藏资源简介:
Ushbu maqolada iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida buxgalteriya hisobi tizimida yuz berayotgan tub oʻzgarishlar kompleks ravishda tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning kengayishi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (XHMS/IFRS) bosqichma-bosqich oʻtish, hisobni avtomatlashtirish hamda sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalarining joriy etilishi buxgalteriya hisobining mazmuni, funksiyalari va metodologiyasiga koʻrsatayotgan ta'siri yoritiladi. Maqolada an'anaviy va raqamli hisob modellari qiyoslanib, oʻzgarishlarning afzalliklari hamda yangi xatarlari koʻrsatib beriladi. Tadqiqot natijalari buxgalterning rolida hisob yurituvchidan tahlilchi-maslahatchiga oʻtish tendensiyasini, shuningdek barqarorlik (ESG) hisobotining ahamiyati ortib borayotganligini koʻrsatadi.



