NAZARIY MANZARALAR VA KOMPETENSIYALAR MASALASI: PRAGMATIKA VA SOTSIOPRAGMATIKADA
收藏资源简介:
Ushbu tezisda zamonaviy tilshunoslikda pragmatika va sotsiopragmatikaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda asosiy nazariy yo‘nalishlari keng yoritilgan. Tezis “Tilshunoslikda pragmatik va sotsiopragmatik tadqiqotlar tavsifi” bobidagi ma’lumotlarga tayangan holda, pragmatikaning semiotika bilan aloqasi, nutqiy aktlar nazariyasi, muloqotning kooperativlik prinsipi, xushmuomalalik nazariyasi va sotsiopragmatik kompetensiya masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tilni samarali o‘zlashtirish va to‘g‘ri qo‘llash faqat grammatik bilim bilan emas, balki ijtimoiy, madaniy va pragmatik bilimlar bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, sotsiopragmatika nutqiy muloqotda kuch, maqom, masofa, madaniy qadriyatlar va kontekstning ta’sirini ochib beradi.



