TEMIR YETISHMOVCHILIGI ORQALI KECHADIGAN ANEMIYANI ERTA DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASHNI OPTIMALLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqot temir yetishmovchiligi orqali kechadigan anemiyani erta aniqlashda laborator ko‘rsatkichlarning, xususan ferritin darajasining diagnostik ahamiyatini baholash hamda turli temir preparatlari bilan davolash samaradorligini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotga 72 nafar temir yetishmovchiligi anemiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor kiritildi. Bemorlar parenteral va og‘iz orqali temir preparatlari bilan davolangan ikki guruhga ajratildi. Natijalar ferritin darajasining gemoglobinga nisbatan temir yetishmovchiligini erta aniqlashda yuqori sezgirlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Parenteral temir preparatlari gematologik ko‘rsatkichlarni tezroq tiklab, klinik simptomlarning erta regressiyasini ta’minladi. Ferritinga asoslangan erta diagnostika va individual davolash yondashuvi temir yetishmovchiligi anemiyasini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega.



