遇见数据集

INGLIZ VA O'ZBEK TELEMEDITSINA TERMINOLOGIYASINI QIYOSIY O'RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek telemeditsina terminologiyasini qiyosiy o‘rganishning nazariy hamda metodologik asoslari yoritiladi. Telemedicine, telehealth, remote patient monitoring, teleconsultation, store-and-forward, teleradiology singari tayanch birliklarning terminologik maqomi, semantik chegaralari va o‘zbek tilidagi muqobillari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, komponent tahlil, struktur-semantik, terminografik va tarjima-ekvivalentlik metodlarining imkoniyatlari asoslanadi. Xalqaro raqamli sog‘liq tasniflarida yagona «ko‘prik til» yaratish zarurati ta’kidlanayotgani, o‘zbek terminologiyasida esa o‘zlashma, kalkalash va tavsifiy tarjima parallel qo‘llanayotgani ko‘rsatiladi. Natijada inglizcha terminni o‘zbekchaga ko‘chirishda faqat formal moslik emas, balki tushunchaviy aniqlik, funksional ekvivalentlik, bir ma’nolilik va normativ barqarorlikni birgalikda hisobga olishga asoslangan metodologik model taklif etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务