O'ZBEK MILLIY MUSIQASI ASOSIDA TALABLARDA ESTETIK DID VA IJRO MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqasining yosh avlod tarbiyasidagi tarbiyaviy-estetik ahamiyati hamda uning talabalarda estetik did, musiqiy tafakkur va ijro madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy musiqa namunalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali usullari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va o‘qitish texnologiyalari yoritib beriladi. Shuningdek, musiqa mashg‘ulotlarida milliy merosdan foydalanish orqali talabalarning ijodiy faolligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, musiqiy merosga sadoqat, sahna madaniyati va ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda musiqa ta’limi jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Maqolada amaliy tajribalar asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni ta’lim amaliyotida qo‘llash imkoniyatlari asoslab beriladi. Natijada milliy musiqa vositasida barkamol shaxsni tarbiyalashning pedagogik ahamiyati ochib beriladi.



