SUN'IY INTELLEKT VOSITALARI ASOSIDA BO'LAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING TUZILMAVIY-FUNKSIONAL MODELI VA DIDAKTIK SHARTLARI
收藏资源简介:
Maqolada sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi muhandislarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning to‘rt komponentli (fundamental-texnik, agrotexnik-texnologik, raqamli-innovatsion, iqtisodiy-kommunikativ) tuzilmaviy-funksional modeli tavsiflanadi. Sun’iy intellekt vositalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning tashkiliy-pedagogik, didaktik-uslubiy va psixologik-motivatsion guruhlarga birlashtirilgan sakkizta didaktik sharti, jumladan “Smart Agro Lab” konsepsiyasi asosida tahlil qilinadi. Taklif etilgan model va didaktik shartlarning pedagogik samaradorligi uchta oliy ta’lim muassasasida 436 nafar talaba ishtirokidagi ko‘p saytli tajriba-sinov ishlari orqali empirik jihatdan tekshirilgan va statistik jihatdan tasdiqlangan.



