YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHGA QARATILGAN QUYOSH ENERGIYALI SVETAFOR TIZIMLARINI YARATISHDA CDIO YONDASHUVINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan quyosh energiyali svetafor tizimlarini yaratishda CDIO (Conceive–Design–Implement–Operate) yondashuvining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda bo‘lajak muhandislarning quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan svetafor tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. CDIO yondashuvi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, innovatsion fikrlash, muammolarni hal etish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslangan. Tadqiqot natijalari quyosh energiyasiga asoslangan svetafor tizimlarini yaratish jarayonida CDIO yondashuvidan foydalanish bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



