DASTURLASHNI O'RGANISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada dasturlash fanini o‘qitish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yanada samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, interaktiv metodlar yordamida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, algoritmik tafakkurini rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada dasturlash fanini o‘qitishda muammoli vaziyatlar, guruhli ishlash, loyiha asosida ta’lim, brainstorming kabi interaktiv usullarning qo‘llanilishi hamda Scratch, Code.org, Replit, GitHub kabi zamonaviy platformalardan foydalanishning afzalliklari yoritib berilgan. Natijada interaktiv metodlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ularni zamonaviy texnologik muhitda faoliyat yurita oladigan mutaxassislar sifatida shakllantirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.



