遇见数据集

XURSHID DAVRON IJODIDA MILLIY TARIX OBRAZLARINING IFODASI

收藏
Zenodo2026-05-19 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Xurshid Davron ijodida milliy tarix obrazlarining badiiy ifodalanish tamoyillari tahlil qilinadi. Adib asarlarida tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosiga sadoqat, tarixiy shaxslar siymosining badiiy talqini hamda xalq ruhiyatining aks etishi masalalari keng yoritilgan. Tadqiqot davomida yozuvchining she’riy va nasriy asarlarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Bobur kabi tarixiy siymolarning poetik talqini, tarixiy voqealarning falsafiy mohiyati va milliy g‘ururni shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, Xurshid Davronning tarixga munosabatida badiiy-estetik tafakkur, tarixiy haqiqat va ijodiy fantaziya uyg‘unligi, tarixiy obrazlarning zamonaviy ruh bilan talqin qilinishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida adib ijodida tarix obrazlari nafaqat o‘tmishni eslash vositasi, balki milliy ma’naviyatni tiklash, yosh avlod ongida vatanparvarlik va tarixiy tafakkurni rivojlantirish omili sifatida xizmat qilishi asoslab beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务