SUG'URTA TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur tezisda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini baholash va ta’minlashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy mohiyati, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar hamda kompleks boshqaruv yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, kapital yetarliligi, likvidlik, to‘lov qobiliyati, tarif siyosati, qayta sug‘urtalash mexanizmlari va investitsiya faoliyatining sug‘urta tashkilotlari barqarorligidagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Tezisda riskka moslashtirilgan boshqaruv modeli, aktuariy hisob-kitoblar va Solvency standartlari asosida moliyaviy barqarorlikni baholashning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida sug‘urta tashkilotlarining uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta’minlashda kompleks integral indikatorlar tizimini qo‘llash, risklarni diversifikatsiya qilish hamda samarali investitsiya va qayta sug‘urtalash siyosatini yuritish muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.



